Assalomu aleykum hurmatli saytining muhlislari va muhlisalariyu foydalanuvchilari. Bugun sizlarga Ummon guruhi haqida qisqacha ma'lumot va ta'rif berib o'tsam. Avvalambor Ummon guruhi qanday qilib Shou-biznes olamiga kirib ololdi. Ummon guruhini bugungi kunda bilmagan , eshitmagan bo'lgan insonning o'zi bo'lmagan bo'lsa kerak balkim. UmmoN Guruhi shunday juda tez tanildiki, hattoki uning muhlislari va qolaversa dushmanlari ham ko'payib ketdi. U ham maylikuya UmmoN Guruhiga ba'zi bir kimsalar qo'shiq yani DISS aytishga ham ulgurdi. Bu haqda Ummon Guruhi shunday deydi: - Bizga birinchi navbatda Diss etganidan hursandmiz, chunki Biz hammaga ham ko'rina oldik. Bizga Diss etibdimi demak biz tanila oldik. Masalan: bitta odamni hech kimga keragi yo'q bo'lsa hech kim uni gapirmidi-da!! Mana ko'ryapsimi azizlarim Ummon guruhining bergan fikrlari shunday ekan. Men buni osmondan olib yozayotganim yo'q buni mahsus Intervyuda aytib o'tishgan! Iye aytkancha Diss haqida tushuncha bermabmanku. Diss nima?? Diss - bu eshitishim bo'yicha bir odamni ikkinchi odamga nisbatan nafratini, izohini, tanqidiy fikrini izohlovchi narsadir. Bugungi kunda Diss yo'nalishida qo'shiq aytishlar omma borasida juda ham ko'payib ketmoqda!! Gap bilan bo'lib Asosiy mavzu yodimdan ko'tarilibdiku. Ummon guruhi qanday qilib muhlislar orttira oldi?? Agar anglagan bo'lsangiz Ummon guruhining yo'nalishi faqat armon, ayriliq, hijron, azob, sog'inch va hokazo...... Bugungi kunda hamma sevgi tuyg'usiga berilgan. Kimdir o'z sevganiga yetishsa, yana kimdir o'z sevgisidan voz kechmoqda yoki yetisha ololmayapti . Natijada unga dalda bo'ladigan ovutish yo'q. Faqatkina bir narsa bor u ham bo'lsa qo'shiq. Ummon guruhi ham shularning hayotini kuylab beradi. Balki shuning uchun ham Ummon guruhi ularga haqiqiy dalda, malham bo'la olgandir. Balki shu sababdan UmmoN guruhi O'z muhlislariga ega bo'lgandir. Bu yerdagilarni ko'pchiligi UmmoN guruhi muhlisi ekanligini hisobga olgan holda UmmoN guruhi haqida ma'lumot berishdan boshladim birinchi
Shoxrux dan!
Isamuhammedov Shohruh Furqatovich. 1990 yil 1 aprelda tug'ilgan. Muchali ot.
Yunusoboddagi 117-maktabni tamomlagan.
San'atga 2 yil avval kirib kelgan.
Ilk qo'shig'i Ketding Zohid bilan kuylangan. Hobbisi asosan Internet.
Yoqtirgan qo'shiqchilari: Shohruhhon, Shohruh repper. Yoqtirgan taomi: osh. Agar qo'shiqchi bo'lmasa O'simlikshunos bo'lardi. San'atkor bo'lishiga sabab qiziqish.
Rafiqov Jasur
Iskandarovich 1991 yil 30 sentyabrda tugilgan. Muchali Qo'y.
58 maktabni tamomlagan.
San'atga kirib kelganiga 4 yil bo'ldi. Ilk qo'shig'i Qo'y yiglama.
Qo'shiqchi bo'lishiga sabab yoshlikdagi qiziqish.
Hobbisi shou biznes yangiliklari.
Yoqtirgan taomi osh dimlama.
Agar san'atkor bo'lmasa aktyor yoki rejissyor bo'lardi
Rixsiyev Zohid Olimovich.
1990 yil 20 martda tug'ilgan. Muchali ot.
Yunusoboddagi 58- maktabni tamomlagan.
San'atga kirib kelganiga 11 yil bo'ldi.
Ilk qo'shig'i Qo'ynimda bir yor.
Qo'shiqchi bo'lishiga sabab qiziqish vokalni o'zi o'rgangan Nodir (Bono) yordamida. Yoqtirgan taomi osh.
Agar qo'shiqchi bo'lmasa rassom bo'lardi.
Qiziqishi faqat musiqa. Dj pligrim va eski Setora guruhiga qiziqadi. Hohlagan duetdoshi Dj pligrim bilan kuylashdir.
Mana azizlarim sizlarga Biroz bo'lsada UmmoN GURUHI haqida ma'lumot berganday bo'ldim.