Mamlakatimizda oilaning jamiyatimizdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, yosh oilalarni ijtimoiy himoyalash, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 27 fevraldagi "Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.