Qadim zamonda bir podsho yashagan ekan.U o'z mamlakatida shunday bir qonun joriy qilgan ekan:O'lim jazosiga hukum etilishga loyiq jinoyat qilgan odan inkor etib bo'lmaydigan uch haqiqat aytsagina oqlanishi mumkin ekan. Kunlarning birida bir askar xuddi ana shunday jinoyat qilib qo'yibdi va uni jazolamoqchi bo'libdilar.Askar qochib o'rmonga yashirinibdi.Podshoh askarlarga uni tutib kelishni buyuribdi.Ular askarni tutibdilar-da,qoziga olib boribdilar. Sening yangi chiqarilgan qonundan xabaring bormi? so'rabdi qozi.Ha bor,javob beribdi askar.Inkor etib bo'lmaydigan uchta haqiqatni ayta olasanmi? so'rabdi qozi.Ayta olaman,javob beribdi askar.Qani aytchi,deb buyuribdi qozi.Shunda askar:Agar kimda kim meni,tug'ulishimdan yomon edi,deb aytsa ishonma,debdi.Xo'p to'g'ri,inson tug'ulishidan yomon bo'lmaydi,deb askarning fikrini ma'qullabdi qozi.Askar shunda ikkinchi haqiqatni aytibdi:Agar kimda-kim senga hozir meni ko'rsatib,shu odam juda ham xursand desa,unga ham ishonma.Haqiqatdan ham,sening o'rningda bo'lgan odamga shod-u xurramlik begona,deb ma'qullabdi qozi.Shunda askar:Kimda-kim senga,meni basharti qochib ketsa,yana o'z xohishi bilan shu yerga qaytib keladi,deb aytsa unga ham ishonma.Sen haqsan.Qaysi inson o'lim changalidan bir amallab qutulsa,yana o'z ixtiyori bilan qaytib keladi,deb uning fikring ma'qullabdi qozi.Sening aytgan haqiqatlaring inkor etib bo'lmaydi. Shundan keyin askarni ozod qilib yuburgan ekanlar