![](http://s011.radikal.ru/i318/1202/78/74684fd52571.jpg)
Qo'li baland kelar menda sog'inch azobi, Yo'qlay olmam lahzalarga bilmoqlik holi, Titrab yotar lablarimda yurak savoli, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat
Tanholikka surgun qilib o'zim o'zimni, Nomalarda bitdim zabon bilmas so'zimni Ham rostim, ham yolg'onimsan yoshli ko'zimni, Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat
Sirlarimni izhor qildim tog'larga sado Qatra-qatra yosh ostida olam-ki ma'no Orzu daraxt soyasi ham men uchun ro'yo Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat
|