Erta tongda odatdagidek, o`qishga yo`l olarkanman, nogoh ikki notanish yigitning suhbati qulog'imga chalindi: -Bilasanmi, kecha bitta ketvorgan qiz bilan tanishdim. U "вообще" oldingi yurgan qizlarimga o`xshamaydi?! -Qo`ysang-chi, do`stim, o`tgan safar ham shunaqa deganding. U bilan bir hafta "yurmasdan" yana yangisini topibsan-da! Tinmay saqich chaynab, yonidagi sherigiga yangi tanishgan qizining ta'rifini maromiga yetkazib maqtayotgan yigit kulgu aralash so`zlari baralla eshitilib turganiga ham hech e'tibor bermay, kechasi telefon orqali qilgan sevgi izxorlari-yu ertaga bo`ladigan uchrashuv haqida "ajoyib" hikoyasini og'zini to`ldirib gapirishda davom etardi.Uning so`zlarini eshitganlarning ba'zilari ajablansalar, ayrimlari esa bu odatiy holdek ta'sir ham qilmadi. Sevgi! U haqida shunchaki gapirish bu nafaqat bugungi, balki afsonalarga burkangan haqiqiy va umrboqiy oshiqlarning beg'ubor, samimiy tuyg'ulariga hurmatsizlikdir.Zero, Navoiyning "Hamsa"si-yu, minglab g'azallardan iborat g'azallariga, baxshilar kuylagan xalq dostonlari-yu, tarixiy haqiqatlardan iborat go`zal afsonalarga sig'magan sevgi bugun oddiygina "sms"lar ichida yo`q bo`lib ketayotganiga nima deymiz?! Notanish raqamni tergan holda, bir-birlari bilan shunchaki tanishib sevishganlar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etayotgan yigit-qizlar nafaqat sevgi, balki baxt tushunchalariga ham shunchalik yengil munosabatda bo`layotganliklari achinarli hol, albatta. Ammo bunga yoshlarning o`zidan ko`ra ko`proq tarbiya, axloq-odob kabi fazilatlarning ularga yetishmasligi sabab bo`lmoqda desak yanglishmaymiz.O`zbekona qarashlarga ega bo`lish esa muommoning eng asosiy yechimidir.Chunki bizning madaniyat xaqidagi tushunchalarimiz ko`cha-kuyda, hiyobonlarda, jamoat joylarida yoki go`yo nazardan chetda qolgan maskanlarda bemalol qultiqlashib, be'mani xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan o`lchanmaydi. Bu ko`rinishlar va xodisalar qadriyatlarimiz va milliy tarbiyamiz uchun mutlaqo ziddir. Zero, zamonaviy "LAYLI va MAJNUN"lar o`z sevgi qissalarini bunchalik kulgu bo`lishiga y6l qo`ymasliklari va uni asrab-avaylash kerakligini unutmasliklari lozim.
|