Baqlajon yuviladi, band qismi kesib tashlanadi, o’rtasidan bo’linadi (yiriklari ko’ndalangiga, maydasi – uzunasiga), o’rtasidan eti qirtishlab olinadi, ichki tomoniga tuz sepilgach, 30 daqiqadan keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi va ichiga sabzavot qiymasi to’ldiriladi. Sabzavot qiymasi tayyorlash uchun tozalangan ildizmevalar (cabzi, selder va petrushka) va baqlajon etu maydalab to’g’raladi va bir oz yog’da qovruladi; to’g’ralgan karam bilan pomidor dimlab (20-30 daqiqa) pishirilgach, ildizmevalar bilan aralashtirilib, unga to’g’ralgan ko’k piyoz qo’shiladi, ta’bga ko’ra tuz va qalampir solinadi. Do’lma qilingan baqlajon yog’ surtilgan tovaga bir qator qilib teriladi, unga tomat (sarimsoq qo’shilgan) yoki qaymoq solib, duxovkaga qo’yiladi. Tayyor bo’lgan taom ustiga to’g’ralgan oshko’k sepiladi.
Kerakli masalliqlar:
1 kg baqlajon hisobiga: 125 g yangi karam, 150 g petrushka va selder ildizi, 100 g ko’k piyoz, 3 oshqoshiq sariyog, 2 dona pomidor (100 g), 2-3 palla sarimsoq, 400 g (1,25 stakan) tomat yoki qaymoq sousi, 1 bog kashnich ko’kati, 50 ml yog.
Xamiriga: * Un-200 gr. * Issiq suv - 120 ml. * Bir chimdim tuz
|