![](http://s019.radikal.ru/i639/1203/ef/018a0d1523a2.jpg) Pullar hamma vaqt ham qog’oz va metall tangalar ko’rinishida bo’lmagan. Insoniyat tarixida pul sifatida quyidagilardan foydalanilgan: oltin, kumush, turli mahsulotlar, havonlar va hatto, odamlar. Masalan, XX asrgacha Xitoy va Birmada pul sifatida tuz, ipak va plita shaklidagi choydan, qadimiy Meksikada kakao-no’xotlaridan, Janubi-Sharqiy Osiyoda opiydan foydalanishgan. Qadimgi asteklar hayvonlarning suyaklarini pul o’rnida qo’llashgan, Nigeriya, Sudan va boshqa ba’zi mamlakatlarda esa "kauri" dengiz chig’anoqlarini qo’llashgan. Sharqiy slavyanlar arablar bilan savdo-sotiqlarda suvsar mo’ynasidan foydalanishgan. Ruslar tomonidan 1816, 1826, 1834-yillarda Alyaskadagi Rossiya-Amerika kompaniyasida muaomalaga chiqarilgan charm pullar - eng g’aroyib pullarga misol bo’la oladi. XX asrning 20-yillarida Germaniyada chinni tangalar qo’llanilgan. XX asrning 90-yillarida ba’zi mamlakatlar polimer plastikdan tayyorlangan pullarni ishlab chiqarishgan. Ayni paytda bunday pullar Avstraliya, Braziliya, Bruney, G’arbiy Samoa, Malayziya, Yangi Zelandiya, Papua Yangi Gvineya, Ruminiya, Tailand davlatlarida mavjud. Insoniyat bir joyda qotib turmaydi, pullar ham xuddi shunday. Bugungi kunda pullar ko’proq virtual ko’rinishga o’tmoqda: kredit kartalari, bank o’tkazmalari, Internet orqali elektron to’lovlar.
|