Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Суббота, 27.04.2024, 01:06
Главная » 2012 » Февраль » 29 » O‘zbekiston terma jamoasiYaponiya ustidang‘alaba qozondi
20:53
O‘zbekiston terma jamoasiYaponiya ustidang‘alaba qozondi
29-fevral kuni futbol bo‘yicha
O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya
ustidan tarixiy g‘alabaga erishdi.
Bugunga qadar milliy jamoa
Yaponiyani safarda mag‘lub eta
olmagandi. 2014-yilgi jahon chempionati uchinchi
saralash bosqichi so‘nggi turida Vadim
Abramov shogirdlari 1:0 hisobida
ustun kelishdi. O‘yindagi yagona gol
Aleksandr Shadrin hisobiga yozildi, xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida
yetti nafar asosiy tarkib futbolchilari
maydonga tushmagani e’tiborga
molik. Server Jeparov, Sanjar
Tursunov, Vagiz Galiulin, Islom
To‘xtaxo‘jayev, Shavkat Mullajonov kabi futbolchilar disvalifikatsiya sabab
o‘yinni qo‘yib yuborgan bo‘lishsa, Odil
Ahmedov va Aleksandr Geynrixni
bosh murabbiy bezovta qilishni
istamadi. Shuningdek, Vitaliy Denisov
va Maksim Shatskixga ham taklifnoma jo‘natilmagandi. Birinchi bo‘limning dastlabki yarim
soatida ustunlik mezbonlar tarafida
bo‘ldi. Qolgan 15 daqiqa ichida
maydon va undagi bosimga moslashib
olgan O‘zbekiston jamoasi ajoyib o‘yin
namoyish etdi. Ikkinchi bo‘limda maydonda teng
kurash bordi. To‘p bilan nazorat qilish
borasida ustunlik Yaponiya tomonida
bo‘lsada, xavfli hujumlar tashkil etish
borasida O‘zbekiston milliy terma
jamoasi anchagina samarali harakat qildi. Ayniqsa o‘yin yakunlanib
borayotgan paytda Bahodir
Nasimovda ikkita yaxshi imkoniyat
yuzaga keldi. Uchrashuvni ajoyib
o‘tkazgan hujumchiga esa ozgina
aniqlik yetishmadi. Mazkur g‘alabadan keyin O‘zbekiston
milliy terma jamoasi ochkolari sonini
16taga yetkazib, "C” guruhini 1-
o‘rinda yakunladi. O‘tkazilgan oltita
o‘yinda Vadim Abramov jamoasi biror
marta bo‘lsin imkoniyatni boy bermadi. Agar 29-fevral kuni "F”
guruhida ishtirok etayotgan Eron
Qatarga imkoniyatni boy bersa,
O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli 20
ta mamlakati orasida uchinchi
bosqichni mag‘lubiyatsiz tugatgan yagona mamlakat bo‘ladi. Vadim Abramov jamoasi uchinchi
bosqich yakuniga ko‘ra eng ko‘p
ochko jamg‘argan mamlakat nomini
qo‘lga kiritib bo‘ldi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda KXDRni
qabul qilgan Tojikiston 1:1 hisobiga
imzo chekdi.
Категория: SPORT XABARLARI | Просмотров: 885 | Добавил: SARDORBEK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1

Добавил: SHADINA
0

Uzb N1 oMaD
Дата публикации: 01.03.2012 в 15:49 [Материал]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024