Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Пятница, 26.04.2024, 03:14
Главная » 2012 » Июнь » 25 » Mustahkam oila: barqaror va farovon O‘zbekiston!
22:45
Mustahkam oila: barqaror va farovon O‘zbekiston!


tanish.uz

"Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirga senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan dilomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va bir qator xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur an’anaviy festival joriy yilda "Mustahkam oila – mustahkam jamiyat: barqaror va farovon O‘zbekiston!” shiori ostida tashkil etildi.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi inson omili ekanini ta’kidladilar. Bu jarayonda xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, turmush farovonligini yanada oshirish, yoshlarni har jihatdan barkamol shaxs etib voyaga yetkazishga qaratilgan sa’y-harakatlar yuksak samaralar bermoqda.

Mamlakatimizda oila, onalik va bolalik manfaatlarini muhofazalash, ayniqsa, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning ta’lim olishi, yashashi, mehnat qilishi uchun qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

"Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga doir amaliy chora-tadbirlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ayni paytda jamiyatimizdagi o‘zaro totuvlik, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviyatimiz, axloqiy qarashlarimiz, milliy hayot tarzimizga yot g‘oyalar, "ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri, noxolis va zararli axborotlardan himoyalash, ularning oila, jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa jurnalistlardan yanada faollikni, mavzuga chuqur tahliliy yondashuvni talab etadi.

Besh yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan "Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivali ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalardagi tub ijobiy o‘zgarishlarni xalqimizga xolis va haqqoniy yetkazish, yurtimizdagi islohotlar jarayonida jamoat elektron media tuzilmalarining faolligini oshirish, ijodiy va texnik xodimlarni rag‘batlantirish, bu boradagi ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish imkonini bermoqda. Joriy yilgi media-festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad "Mustahkam oila yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga hissa qo‘shish, bu yo‘nalishdagi ezgu sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyatini hamyurtlarimizga ta’sirchan va samarali tarzda yetkazishdan iboratdir.

Media-festival doirasida rang-barang tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, jonli muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, "Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” telemarafoni hamyurtlarimiz, keng jamoatchilikda katta e’tibor va qiziqish uyg‘otdi. Telemarafon assotsiatsiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi”, "Mehr nuri” jamg‘armalari, "Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi singari tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ikki bosqichdan iborat mazkur telemarafon jarayonida dastlab hududiy nodavlat telestansiyalarda, so‘ngra O‘zbekiston Nodavlat telekanallari tarmog‘i (O‘zNTT) kanali va Nodavlat radiokanallar tarmog‘i (NRT) orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, oilaning ma’naviyat o‘chog‘i sifatidagi ahamiyatini kuchaytirishga oid turkum tele-radio materiallar efirga uzatildi. Ayni paytda mavzu yuzasidan ota-onalar, shifokorlar, mutaxassislar, yoshlarning fikrlari atroflicha o‘rganilib, mavjud dolzarb masalalar yechimi xususida fikr yuritildi.

Mazkur media-loyihalarning 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida o‘tkazilishi ham bejiz emas. Zero, jamiyat asosi bo‘lmish oilalarni asrab-avaylash, ularning mavqeini yuksaltirish, milliy an’ana va qadriyatlarimizning bardavomligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari ham muhim o‘rin tutadi. Bu, o‘z navbatida, jurnalistlardan tinimsiz izlanishni, bilim va mahoratni, ijtimoiy faollikni, katta mas’uliyatni talab etadi.

– Oilaning sog‘lom va har jihatdan mustahkamligi uchun shifokorlar, huquqshunoslar bilan birga jurnalistlar ham mas’uldir, – deydi media-festivalda g‘olib bo‘lgan "Marg‘ilon-TV” teleradiokanali muharriri Ahror Ziyodov. – Oilalar sog‘lom bo‘lsa, jamiyatimiz ham sog‘lom, hayotimiz barqaror, farovon bo‘ladi. Telematerialimizda ushbu g‘oyani muxlislarga, ayniqsa yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga sodda va ravon, samimiy va ta’sirchan tarzda yetkazishga harakat qilmoqdamiz.

"Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivalining turli nominatsiyalari bo‘yicha hamda "Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” telemarafoni g‘oliblari aniqlandi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.Bositxonova, A.Aripov so‘zga chiqdi.

Категория: TURMUSH CHORRAXALARIDA | Просмотров: 1835 | Добавил: prosta_Joxa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2

Добавил:gena
0

ogzinga qutagim ebanla
Дата публикации: 14.08.2012 в 13:50 [Материал]

Добавил:gena
0

iwlatilgan gandonlaga salom qalesila
Дата публикации: 14.08.2012 в 13:49 [Материал]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024