"Yoshlar” sport majmuasida o‘tkazilayotgan yengil atletika bellashuvlarida o‘smirlar va qizlar turli masofalarga yugurish, uch hatlab sakrash, balandlikka sakrash, aralash estafeta bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi. O‘smirlar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etgan poytaxtlik Temur Xusnulin, balandlikka sakrashda sirdaryolik Ruslan Kurmayev, turli masofalarga yugurishda samarqandlik G‘olib Tohirjonov, navoiylik Shohruhmirzo Muxtorov, andijonlik Anvar Safarov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Qizlar o‘rtasidagi uch hatlab sakrash va balandlikka sakrash bahslari toshkentlik Irina Belova hamda Toshkent viloyati vakilasi Anna Tyan g‘alabasi bilan yakunlandi. Yugurishda esa namanganlik Dilnoza Rahmonova, samarqandlik Marjona Oqqo‘ziyeva, poytaxtlik Liliya Manasipova, jizzaxlik Lidiya Petrova, sirdaryolik Nailya Hazratqulova "Umid nihollari – 2012” musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.
|