Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Вторник, 23.04.2024, 22:29
Главная » 2012 » Апрель » 3 » Hayoti hazon bo'lgan qizning taqdiri
08:11
Hayoti hazon bo'lgan qizning taqdiri
Menning kasbim ruhshunoslik. Juda ko’p bemor o’zlarining turli-tuman muammolari bilan murojaat qilishadi. Ularning aksariyati ayollar. Muammolari esa hozirgi davr uchun yangilik bulmasa kerak, OILALARINING BUZILIB KETISHDAN ASRASH. Lekin yo’lak ortida Ko’zlari g’amlikka tolgan boshi egik chamasi yoshi 19-20 larga to’lgan yosh qiz turardi.
U mening qabulimga yozilganini aytdi, hayron boldim , bunga sabab hali o’n gulidan bir guli ham ochilmagan, boshi ochiq qizni ruhshunos qabuliga nima yetaklab kelganiga juda qizaqar edim.
Assalomu aleykum dedi mayin tovushda Kaniza
Vaalaykum assalom deya alik oldim. hush kelibsiz deya aytolmayaman, bu yerga muammolariz bilan tashrif buyurganizga achinarli holat, nima bo’lgan taqdirda ham ruhshunosning vazifasi bemorning ruhiy tushkunlikdan chiqarib olishdir - bu sozlar har doim yangi bemorga aytiladigan mening birinchi gaplarimdir.
Kaniza esa ko’zi yerdan uzilmas, nimadandur qattiq qo’rqar, ichidagi gaplarni ertami kechmi kimgadur aytmasa bolmaydigan darajaga yetib borgandi.
Yoshim yigirmada dedi va dami ichiga tushim yum-yum yig’ladi.
Men bolalikdan juda quvnoq hushchaqchaq qizman. Ota onam bag’rida o’ynab kulib katta bo’ldim. Hudoga ming qatra shukurki hech narsaga muxtoj qilmadi. Bunga otamning saxiyligi, qo’li ochiqligimi bilmadim Allohning marhamati keng. Mahallamizda kam taminlangan oilalarga juda qattiq e’tibor bergan holda yordam qo’lini cho’zar, diliga ozor yetkazishdan qattiq qo’rqadilar. Oyijonimlar ham otanimning izlaridan borardilar. Qarovchisiz qolgan qariyalarga yordam berib ba’zan uy yumushlariga qarashib savob tagida qolardik.
Mahallamizda Klara xolaning yakkayu yagona qizi bor, fojiali hodisa tufayli bevaqt olamda ko’z yumdilar. Klara xola nabirasi Muxtorjon bilan yashaydilar. Qarigan chogэlarida katta xovlini eplay olmasdilar, muxtorjon saxar ketib kech kelganligi sababli uy yumushlariga tobi yo’qroq edi. Oyijonimlar bilan birga Klara opaning uylarni saranjonlab ularga ko’p yordam berardik. Chunkin otamlar doim takrorlaydilar, birovga yordaming teysa hech qayering yeyilib qolmaydi, insondan uning molu dunyosi emas yahshiligi qoladi deb qayta qayta xitob etadilar.
Usha kun arafa kuni edi, Klara xolani o’z buvimdek, Muxtor akani esa o’z akamdek ko’rardim. Klara opalarnikiga yordamlashgani chiqqan edim. Bilmayman nima bo’ldi? Qanday bo’ldi? Aqlim yetmas. Men bilan Muhtor aka... Qiz bola bilan yigit yolgiz qolsa uchinchisi shayton bolishi haq gap ekan.
Kundan kunga ich etimni qorquv egallar. Muxtor aka kelmasang sharmandangni chiqaraman der, men esa ota onamni boshi egilishidan qutqarqib Muhtorning aytkanini qilardim. Usha paytlar endi 17 yoshni qoralagandim. Sudga berish zorladi deb arz qilish hayolimga ham kelmagan. Ertaga nima bolishidan qorquv bilan yashardim. Muhtor Dubayga ishlagani ketdi. 2 yil qulog’im tinch qoldi. So’ng yana qaysi go’rdan paydo bo’ldi bilmadim. Yana 3 marta ko’rishdik. Lekin orada Klara opa olamdan ko’z yumganlaridan behabar edi. U ham ruhan tushkun holatda, yaqinlaridan ayrilish naqadar og’ir. Bir tarafdan unga achinar, bir tarafdan battar bo’l derdim. Chun u mening orzu havaslarimni chil-chil sindirgan edi. Kunlarning birida Kaniza qorqma senga uylanaman dedi. Men esa undan qo’rqar edim. Chunki u meni hudoni zorini qilsam ham ayamas, zo’rlar edi. Usha kun ham huddi shunday boldi. Lekin hudoni zorini qilgan inson men emas Muhtor bo’ldi. Uni ayamadim. Vaqtini poylab uni bog’ib o’ldirdim, qayerdan shuncha kuch, jasorat yo ALLOH bilmadim. Yerto’laning ichkari honasiga ko’mip ustidan semonlab tashladim. Bir quvondim, bir sevindim. Lekin qilgan ishimdan afsusdaman uni o’ldirganim bilan ham yurakdagi qo’rguv meni tark etmadi. Avvaliga mahalla kuy oldida sharmandalikdan qo’rqan bo’lsamda, hozir esa qonun oldida jazolanishimdan qo’ryapman. Ota-onam baridan behabar. Ertangi kunim nima bo’lishidan qiynalar edim. Muxtorning dubaydan qaytganligidan hechkimning havari yo’qligi menga juda qo’l kelgandi. Hozirda u bedarak yoqolganlar ro’yhatida. U-ku hayottan osongina ko’z yumib ketti, menchi, mening taqdirimchi, ota-onamning orzu havaslarichi? Erta-indin to’y boshlash harakatida. Qo’rquv ortida yurak hovuchlap fotixa to’yim ham bo’lib otdi. Genokolog bilan maslaxatlashib qizligimni tikladim. Bu bilan boshqalarni aldashim mumkin, lekin o’zimni o’tmishim qanday aldayman? Oldingizga kelganim vijdonim meni qiynayapti. Iltimos menga yo’l-yo’riq ko’rsating turmush o’rtogimga bor gaplarni aytaymi? Yoki yopigliq qozon yopiglicha qolgani ma’qulmi?
Yosh qizning taqdiri juda ayanchli nima deyishga ham hayron bolib qoldim. Inson o’zini o’zi qancha vaqtgacha aldashi mumkin? To’gri Kanizaning hayotini faqatgina ikki kishi Muhtor va o’zi bilar edi. Muhtor bu sirni o’zi bilan yer qariga olib ketti. Kaniza esa ruhan ezilib o’z o’zini ich etini yeyayapti. Unga sirdosh kerak chunki butun umr qorquv bilan yashash naqadar jirkanchli holat. Agar bor gaplar oshkor bolsa Kaniza qonun oldida jinoiy-javobgarlikka tortiladi. Erta indin to'yi bo'ladigan qiz…
Suhbatimiz shu yerda tugadi. U menga to’yiga taklifnomasini berib ketdi. Lekin to’yga boganimda Kaniza o’rniga boshqa bir qiz oqqush kabi bezalgan edi. Bilishimcha Kaniza vijdon azobiga chiday olmay o’z joniga qast qilgan. Qolgan gaplar menga qorong’u……
Aytmoqchi bo’lganlarim qizlarning 90% behayo bo’lishiga yigitlarning ham qisman aybi bor. Lekin Kaniza behayo qiz dib kim ayta oladi. Ahir nomussizlikka chiday olmay bu hayot bilan vidolashishga ahd qildi.
---------
Прикрепления: Картинка 1
Категория: MUHABBAT BEKATI | Просмотров: 1964 | Добавил: MR_ANONIM | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1

Добавил: SHADINA
0

sad
Дата публикации: 12.05.2012 в 20:21 [Материал]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024