Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Четверг, 28.03.2024, 16:39
Главная » 2012 » Июнь » 25 » Giyohvandlikning oldini olish – muhim vazifa
22:59
Giyohvandlikning oldini olish – muhim vazifa

 

Narkobiznesga qarshi kurashda BMTning Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur Konvensiyaga a’zo davlatlar qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq, 1987-yildan boshlab har yili 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Mamlakatimizda giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat tizimi shakllangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida bu ofatga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi narkotrafik va narkotik moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan narkotik moddalarning mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan kirib kelishi va tranzitining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

– Giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muntazam amalga oshirilayotir, – deydi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘linmasi boshlig‘i To‘lagan Abdullayev. – Aholi o‘rtasida uchrashuv, seminar va anjumanlar o‘tkazilib, ularda ko‘rgazmali vositalar yordamida "zahri qotil”ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi keng tushuntirilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish borasida joriy yilda barcha umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi muassasalarda uchrashuvlar o‘tkazildi. Narkologiya dispanserlari vrach-mutaxassislari va narkotik moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor xodimlar ishtirokida o‘tgan uchrashuvlarda hayotiy misollar vositasida yoshlarni yana bir bor ogohlikka chorlamoqdamiz. Bunday keng ko‘lamli profilaktika ishlari yaxshi samara berayotir.

Soha xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan "Qoradori” operatsiyasi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini to‘sish, giyohvand o‘simliklar ekilishi va narkomaniya yoyilishining oldini olish borasida maxsus kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda o‘tkazilayotgan "Qoradori-2012” tadbiri davomida ayrim xonadonlarda nasha, ko‘knori va gashish o‘simliklari ekilgani aniqlanib, ular tegishli tartibda yo‘q qilinmoqda.

Poytaxtimizning Hamza tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida hovlilardan biriga nasha o‘simligi ekilgani aniqlandi. Xonadon egasi uni nima maqsadda yetishtirayotganini tezkor xodimlarga izohlab bera olmadi. Xavfli o‘simlik yo‘q qilinib, uni ekkan shaxsga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ham shunga o‘xshash bir necha holat aniqlandi va bartaraf etildi.

Toshkent viloyatidan Bektemir tumani hududiga kirib kelayotgan "Matiz” rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan tekshirilganda, haydovchining yonida o‘tirgan shaxs bezovtalanib, o‘zini fosh qilib qo‘ydi. Uning yuklari ko‘zdan kechirilganda, "gashish” giyohvandlik moddasini sotish uchun olib ketayotgani oshkor bo‘ldi. So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman. Bu shaxs ham endi qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan turli xildagi 29 kilogrammga yaqin moddalar qo‘lga olindi. Bu bilan qancha insonlarning shu "zahri qotil”dan zaharlanishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bunday chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Категория: SIZ UCHUN FOYDALI | Просмотров: 31155 | Добавил: prosta_Joxa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2

Добавил:gena
0

poxxuyda gandonla
Дата публикации: 14.08.2012 в 13:48 [Материал]

Добавил:Muxriddin
0

exe
Дата публикации: 16.07.2012 в 22:58 [Материал]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024