Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Пятница, 29.03.2024, 17:49
Главная » 2012 » Январь » 20 » Dildagi ohim mening ...
02:41
Dildagi ohim mening ...
Dastlab hech narsa yo`q edi. Nogoh, tushlarimda sening ismingni eshita boshladim. Kimdir jarangdor va yangroq ovozi bilan sening ismingni ayta boshladi. Har tarafga mo`ltirab qaradim. Men seni bilmasdim. Men seni tanimasdim. Men seni hech qachon, hech qayerda ko`rmagan edim. Kunlar bir zaylda o`taverdi… va nogahon eng dilrabo, eng seravj va shodiyonalarga to`la davrlarning birida seni uchratdim. Seni uchratdim-u, olam-olam quvonch bag`rimga yopirilib keldi. Seni uchratdim-u eng baxtiyor va mehridaryo shahzodaga aylandim. Seni uchratdim-u, dunyoda mendek g`arib va aftoda boshqa bironta inson yo`qlig`iga iqror bo`ldim. Sen meni olovga tashlagan eding. Sen meni o`z otashingda kuydirayotgan eding. Men do`stlarimdan so`ray boshladim: Sevgi nima?! Sevgi nima?! Sevgi nima?! Hozir ham bir paytlardagidek sevayaptilarmi?! Hozir ham Farhod va Shirinlar bormi? Otabek va Kumushlar hozir ham bormi?! Sening ham yuragingda zarracha bo`lsin, muhabbat cho`g`i bormi, Zaynab! Meni bunchalar abgor qilmog`inga ne sabab?! Momolardan so`radim, ayollar ham sevadilarmi?! Ayollar sevsa qay darajada sevadilar. Ayollar muhabbatiga timsol bormi?! Ayollar sadoqatiga timsol bormi?! Ayollarning buyukligi nimada? Ayollarning buyukligi…u ham seva olishida! Ayol sevsa olov bo`lib sevadi. Ayol sevsa otash bo`lib sevadi. Ayol muhabbati olamni bezaydi. Ayol muhabbati olamni gulga to`ldiradi. Ayol muhabbati borligi uchun ham hamma yashaydi. Hamma baxtiyor bo`ladi. Ammo… Muhabbat olovida yonganlar yuragida mangu jaranglovchi qo`ng`iroq sadolari bir savolni qayta-qayta takrorlayveradi: U mening yuragimning ardog`ida, u mening ko`zlarimning qarog`ida, u mening jonimning tirtog`ida, Men uni sevaman! -U ham meni sevarmikin?!... Alvido . . . Muhabbat, nechun menga qilding xiyonat. Seni sevaman. Butun vujudim ila sevaman. Mendan kechib ketgan bo`lsang-da, sevarman, lek afsus, also kechira olmasman. Olamga boq, hayot qanchalar go`zal va maftunkor bo`lmasin shu bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga so`ngi bor boqqin. Yuragimdagi tiniq tuyg`ularni, sof muhabbatni, ishonchimni ko`zlarimdan angla. Nahot shu nigohingdan ham meni bebahra etsang. Nahot endi meni sevmasang, ko`ngling mendan shunchalar sovib ketdimi? Axir, men sendan, muhabbatdan o`zga baxtni talab qilmadim-ku! Tim qora chaqmoq ko`zlaringu, jon olg`uvchi afsonaviy shirin so`zlaring ila senga asir tushdim. Oh, yuragim poralandi, sening yolg`on va`dalaring yodimga tushsa! "Men faqat seni sevaman, sensiz dunyo qorong`u, hayotda sen uchun, faqat sen uchun yashayman, seni albatta baxtli qilaman, qalbim abadul-abad seniki bo`lgay”,-deya aytilgan so`zlar hamon qulog`im ostida jaranglaydi… Nahot o`sha paytlar bu so`zlar yo`liga aytilgan bo`lsa…Nahot muhabbatni ham o`z maqominga solib olgan bo`lsang…Men senga chin dildan ishonardim, afsus qalbing tubiga muhabbatimni cho`ktira olmadim. Menga in`om etganing muhabbat anhorlari sayozligini kech angladim. Buni angladimu, MUHABBATDAN ko`nglim qoldi. Sen xiyonotkor dunyoning ziynatiga qo`l urding. Meni, mening sevgimni toptading. Keyinroq balsam, sen Olloh tomonidan berilgan muhabbat atalmish buyuk ne`matdan yiroqda ekansan. Azizim, sening qalbingdan muhabbat chechagini izlab topolmadim. Sen meni sevmasliging aniq, biroq bu achchiq haqiqatni tan olgim kelmasa netay. Yuragim faqat senga talpinar. Ko`z yoshlarim daryo bo`lib oqmoqda. Azizim, ilk sevgimni, pokiza qalbimni senga, faqat senga baxshida etdim. Ammo sen qalbim chirog`ini yoqmasdan o`chirib ketding. Ko`nglim shishasini chil-chil parchalab yubording. Endi menga o`zga yor kerak emas, sen birinchi va oxirgisi bo`lib qolursan, lekin yuragimning tub-tubida g`uncha kabi bokira muhabbat mujassamdir, o`sha muhabbat ila yashagum, faqat sendan bitta o`tinchim, yoningda baxtdan entikib turgan oq libosli yoringni mendayin baxtsiz etmasin, menga nasib etmagan sevilish baxtini ul go`zalga nasib aylagin. So`nggi nafasinggacha sevib, ardoqla. Xayr endi bevafo meni unutmasang bas, zero xayolan bas, zero xayolan doim sen bilan birgaman. Sizlarga faqat baxt tilarman. Zero sevgini xor qilgan baxtini topish mushkulligini bilsamda, baribir seni baxtli bo`lishingni istayman. Faqat meni unutmasang bas! Har safar baxtdan entikkaningda qaysidir qiz baxtsizlikdan ezilayotgani
Категория: MUHABBAT BEKATI | Просмотров: 924 | Добавил: NOTANISH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1

Добавил: prosta_Joxa
0

EX MUXABAT sad
Дата публикации: 20.01.2012 в 07:04 [Материал]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024