Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Суббота, 27.04.2024, 05:47
Главная » 2012 » Февраль » 1 » Shu kecha xayolim yana sen olding
19:26
Shu kecha xayolim yana sen olding



















Hayot davom etaverarkan…
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlar kunlarga, kunlar oylarga, oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…

Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding
Yolg’on ersa agar barcha sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…

Sevgini ovunchoq etar beboshlar
Unuttim derkanu yangisin boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen olding

Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…
Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…

Men uchun sen hamon farqlisan ishon
Har joyda xotirang qalbimda yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen olding

Endi diydorin nasib etmasligini bilsak ham har tun seni eslayveramiz…. Izlayveramiz…
Hayot davom etaverarkan…
Ammo…
Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…
Категория: MUHABBAT BEKATI | Просмотров: 770 | Добавил: _SeLeNa_ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024