Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Четверг, 25.04.2024, 18:08
Главная » 2012 » Март » 4 » Rossiya prezident uchun ovoz bermoqda
16:38
Rossiya prezident uchun ovoz bermoqda
So’nggi kunlarda Rossiya bo’ylab keng ko’lamli namoyishlar bo’lib o’tdi. Kreml siyosatidan, Putinning yana prezidentlikka saylanishidan norozi bo’lgan minglab fuqarolar ko’chalarga chiqdi.

Putin AQShni muxolifatni qo’llayotganlikda aybladi. Xavfsizlik xizmati bosh vazir hayotiga qasd qilmoqchi bo’lgan guruh fosh etilganini ma’lum qildi.

Bering bo’g’ozidan Alyaskagacha – Rossiya bo’ylab 200 ming ko’ngilli saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatmoqda.

Yana 600 ming odam mamlakatning 100 mingta saylov uchastkasida o’rnatilgan video kameralar orqali kuzatish uchun internetda ro’yxatdan o’tdi.

Muxolifat 2011-yilning 4-dekabrida o’tgan parlament saylovlari natijasi soxtalashtirilgan deb keladi. Unda Putinnig ”Yedinaya Rossiya” partiyasi g’olib chiqqan edi.

Ayrim mutaxassislar hisobicha, dekabrgi saylovda ”Yedinaya Rossiya” uchun ovoz berganlar soni aslida 20 foizga kamroq bo’lgan.

Saylov natijalarini noqonuniy deb, sudga murojaat qilganlarning bari yutqazdi. Kreml ”Yedinaya Rossiya” kamroq ovoz to’plagan to’rt regionda gubernatorlarni ishdan bo’shatdi.

Norozilik namoyishi tashkilotchilaridan biri Nataliya Pelevin fikricha bugungi saylov natijalari ham soxtalashtiriladi.

”Saylov adolatsiz bo’lishi aniq. Hokimiyatdagilar ochiq va adolatli saylov o’tkazishiga biz ishonmaymiz. Shu paytgacha prezidentlikka nomzodlar orasida jiddiy bahslar ham bo’lmadi. Putin hech qaysi birida ishtirok etmadi”.

Payshanba kuni xorijiy jurnalistlar bilan uchrashgan Putin ”2018-yilda yana bir olti yillik muddatga saylanish niyatidamisiz?” degan savolga javob bermadi.

Biroq odamlarni bezovta qilayotgan aynan shu, deydi Rossiya bo’yicha mutaxassis, amerikalik siyosatshunos Devid Setter.

Bu bilan mamlakatda eski amaliyot qayta tiklanadi – Kreml rahbarlari o’lgunicha hokimiyatdan ketmaydi, deydi olim.

”Putin yana bir bor prezident bo’lish niyatini e’lon qilganida, odamlar ”u nihoyat hokimiyatdan ketganida men necha yoshda bo’laman”, deb sanay boshladi. Rejimning xalq irodasiga qarshi borishi, fuqarolar huquqlarining hisobga olinmayotgani jiddiy omilga aylandi, odamlarni namoyishlarga chiqishga majbur qildi”,- deydi Setter.

Muxolifat faollari fikricha, yakshanba kechqurun saylov uchastkalari yopilganidan ko’p o’tmay, rasmiylar Putin g’alabasini e’lon qiladi. Bunga qarshilik tariqasida ular dushanba kuni namoyish uyushtirmoqchi.

24 yoshli Olesya Shmagun internet-jurnal muharriri. Mixail Proxorov uchun ovoz bermoqchi. Milliarderning o‘rta sinf orasida tarafdorlari ko’p.

Proxorov Moskva va Peterburgda Putindan keyin ikkinchi o’rin egallashi mumkin, deya taxmin qilmoqda Shmagun.

Shunda balki Putin Proxorovning korrupsiyaga qarshi demokratik islohotlar haqidagi g’oyalariga quloq solar, deydi u.

Shmagun ham dushanba kuni namoyishlarga chiqmoqchi.

Muxolifatning namoyishlardagi shiori – ”4-mart yakun emas, boshlanish’.
Категория: ENG SUNGI YANGILIKLAR | Просмотров: 956 | Добавил: prosta_Joxa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024