Главная » 2012»Март»28 » "OLIMPIADA-2012" O'YINLARIGA YO'LLANMA OLGAN BOKSCHILARIMIZ SAFI KENGAYISHI MUMKIN
17:51
"OLIMPIADA-2012" O'YINLARIGA YO'LLANMA OLGAN BOKSCHILARIMIZ SAFI KENGAYISHI MUMKIN
Shu kunlarda boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi a'zolari joriy yilning 2-13 aprel kunlari Ostona (Qozog'iston) shahrida o'tkaziladigan litsenzion turnirga jiddiy xozirlik ko'rishmoqda.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, terma jamoamiz bosh murabbiysi Sharof Xudoyberganov navbatdagi yig'inga 14 nafar bokschilarni jalb etishgan. Ulardan 6 nafari Ostona shahrida o'tadigan xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qiladilar. Bular, Abbos Atoev, Sanjarbek Rahmonov, O'ktamjon Rahmonov, Sardor Abdullaev, Rustam To'laganov hamda Shahobiddin Zoirov kabi sportchilardir.
Eslatib o'tamiz, ayni paytga qadar 4 nafar charm qo'lqop ustalarimiz, Jasurbek Latipov (52 kg.), Orzubek Shoyimov (56 kg.), Fazliddin G'oipnazarov (60 kg) hamda Elshod Rasulov (81 kg.) "London-2012" Olimpiada o'yinlariga yo'llanmalarni naqd qilib qo'yishgan.
"Olimpiada-2012" o'yinlariga yo'llanma olgan bokschilarimiz safi kengayishi mumkin Umid qilamizki o'z oldilariga doimo yuqori maqsadlarni qo'yadigan yurtimiz charm qo'lqop ustalari o'z an'analariga sodiq qolgan xolda navbatdagi litsenzion turnirdan ham bir qator yo'llanmalarni qo'lga kiritib, XXX yozgi Olimpiada o'yinlarida ham kengaytirilgan tarkibda ishtirok etadilar.
Zero, istiqlol yillari Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan bokschilarimiz O'zbek boks maktabining shuhratini yuksaklarga ko'tarib, deyarli har bir Olimpiada o'yinlarida medallar bilan Vatanimizga qaytishgan.
Quyida mamlakatimiz charm qo'lqop ustalari tomonidan o'tgan Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritgan medallari berilgan:
1996 yil Atlanta (AQSH) Karim To'laganov - bronza.
2000 yil Sidney (Avstraliya) Muhammadqodir Abdullaev - oltin Sergey Mixaylov - bronza Rustam Saidov - bronza
2004 yil Afina (Gretsiya) Bahodir Sultonov - bronza O'tkirbek Xaydarov - bronza