Qozog‘istonda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida davom etayotgan "Fyuchers” turkumidagi xalqaro turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Sarvar Ikromov yakkalik bahsida mezbonlar vakili Serijan Essenbekovga qarshi kortga chiqib, 6:4, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston chempioni Andrey Boldaryov esa birinchi uchrashuvida rossiyalik Fyodor Chervyakovni 6:4, 4:6, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Sarvar Ikromov va Andrey Boldaryov juftlik bellashuvida qozog‘istonlik Aleksey Nesterov hamda Oydinbek Raxishev duetini 6:4, 6:3 hisobida dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Hindistonda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatining juftlik bahslarida o‘zbekistonlik yosh tennischilar – Temur Ismoilov va Sanjar Fayziyev dueti Gonkong (Syangan) vakillari Andi Lou va Xey Yin Li ustidan 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.