Respublika Uloq-ko‘pkari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan uch yuzdan ziyod chavandoz ishtirok etdi. To‘ytepalik chavandoz Rustam Qurbonaliyev uloqni besh marotaba marraga tashlab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Namanganlik Karim Maksimbekov ikkinchi, Toshkent viloyatining yana bir vakili – Mirvali Mirusmonov uchinchi o‘rinni egalladi.