Меню сайта

Категории раздела
TURMUSH CHORRAXALARIDA [13]
SPORT XABARLARI [72]
ENG SUNGI YANGILIKLAR [78]
ISLOM OLAMI [9]
QUSHIQLAR MATNI [4]
NAZM GULSHANI [3]
BU JUDA QIZIQ [37]
MUHABBAT BEKATI [38]
SIZ UCHUN FOYDALI [5]
KINO ONLINE [11]
MUSIK ONLINE [8]
MP3 MUSIQALAR [7]
TELEFON UCHUN [0]
KOMPYUTER UCHUN [2]
SHoir Oshiq Baxrom Ijodidan [0]
SHERLAR [1]

Мини-чат
200

Наш опрос
SIZ QAYSI VILOYATDANSIZ?

Результат опроса Результаты Все опросы нашего сайта Архив опросов

Всего голосовало: 660


Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0

русский/english
русский/english
Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Tanish.uz


Четверг, 02.05.2024, 18:12
Главная » 2012 » Март » 28 » "OLIMPIADA-2012" O'YINLARIGA YO'LLANMA OLGAN BOKSCHILARIMIZ SAFI KENGAYISHI MUMKIN
17:51
"OLIMPIADA-2012" O'YINLARIGA YO'LLANMA OLGAN BOKSCHILARIMIZ SAFI KENGAYISHI MUMKIN

Shu kunlarda boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi a'zolari joriy yilning 2-13 aprel kunlari Ostona (Qozog'iston) shahrida o'tkaziladigan litsenzion turnirga jiddiy xozirlik ko'rishmoqda. 

Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, terma jamoamiz bosh murabbiysi Sharof Xudoyberganov navbatdagi yig'inga 14 nafar bokschilarni jalb etishgan. Ulardan 6 nafari Ostona shahrida o'tadigan xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qiladilar. Bular, Abbos Atoev, Sanjarbek Rahmonov, O'ktamjon Rahmonov, Sardor Abdullaev, Rustam To'laganov hamda Shahobiddin Zoirov kabi sportchilardir. 

Eslatib o'tamiz, ayni paytga qadar 4 nafar charm qo'lqop ustalarimiz, Jasurbek Latipov (52 kg.), Orzubek Shoyimov (56 kg.), Fazliddin G'oipnazarov (60 kg) hamda Elshod Rasulov (81 kg.) "London-2012" Olimpiada o'yinlariga yo'llanmalarni naqd qilib qo'yishgan. 

"Olimpiada-2012" o'yinlariga yo'llanma olgan bokschilarimiz safi kengayishi mumkin Umid qilamizki o'z oldilariga doimo yuqori maqsadlarni qo'yadigan yurtimiz charm qo'lqop ustalari o'z an'analariga sodiq qolgan xolda navbatdagi litsenzion turnirdan ham bir qator yo'llanmalarni qo'lga kiritib, XXX yozgi Olimpiada o'yinlarida ham kengaytirilgan tarkibda ishtirok etadilar. 

Zero, istiqlol yillari Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan bokschilarimiz O'zbek boks maktabining shuhratini yuksaklarga ko'tarib, deyarli har bir Olimpiada o'yinlarida medallar bilan Vatanimizga qaytishgan. 

Quyida mamlakatimiz charm qo'lqop ustalari tomonidan o'tgan Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritgan medallari berilgan: 

1996 yil Atlanta (AQSH) 
Karim To'laganov - bronza. 

2000 yil Sidney (Avstraliya) 
Muhammadqodir Abdullaev - oltin 
Sergey Mixaylov - bronza 
Rustam Saidov - bronza 

2004 yil Afina (Gretsiya) 
Bahodir Sultonov - bronza 
O'tkirbek Xaydarov - bronza

Категория: SPORT XABARLARI | Просмотров: 740 | Добавил: ARMON | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Архив записей



Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • русский/english
    Copyright MyCorp © 2024